O‘zbekistondan sakkizta tashabbus xalqaro “Yevroosiyo” mukofotining final bosqichiga muvaffaqiyatli yo‘l oldi va turli nominatsiyalarda bosh sovrin uchun kurashadi. Loyihalarning yuzma-yuz taqdimoti 14 oktyabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tishi, g‘oliblar esa ertasi kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Joriy yilda tashkilotchilar tomonidan 73 ta davlatdan jami 5 512 ta ariza kelib tushgani ma'lum qilindi.
Taqdim etilgan ishlarni 15 mamlakatdan 165 nafar mutaxassis baholagan bo‘lib, xalqaro hakamlar hay’atiga 50 kishi kirdi. Yakuniy bosqichga O‘zbekiston, Xitoy, Ispaniya, Braziliya, Hindiston va boshqa davlatlar qatorida 29 ta mamlakat vakillari yetib keldi. O‘zbekistonliklar madaniyat, ta’lim, tibbiy texnologiyalar va tarixiy xotirani saqlash yo‘nalishlaridagi sakkizta turli nominatsiyada o‘z kuchini sinab ko‘radi.
Xususan, finalchilar qatorida Arseniy Kabachkovning yoshlarni madaniy merosga jalb etishga qaratilgan tashabbusi, Farhod Jurayevning “O‘zbekiston talabalar teatrlari ligasi” hamda sun’iy intellektga asoslangan AviShifo raqamli platformasi bor. Shuningdek, Yuriy Belolipetskiyning “Avlodlar xotirasi”, Aliya Shagayevaning pedagogik forumga oid loyihasi hamda Mamlakat Sodikova va Shahlo Jamaldinovaning tashabbuslari e'tirof etildi.
Mukofotning umumiy sovrin jamg‘armasi 17 million rublni tashkil etib, g‘oliblarni taqdirlash marosimi Moskvadagi “Rossiya” milliy markazida bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar tadbirga turli mamlakatlardan mingdan ortiq ishtirokchi va ekspertlar kelishini kutmoqda.
Source: podrobno.uz