Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko'ra, Toshkentdan Seul shahriga parvoz qilayotgan havo kemasi bortida o‘g‘ir shok holatiga tushib qolgan ayolning hayoti o‘zbekistonlik shifokor tomonidan saqlab qolingan. Ushbu holat jamoatchilik o'rtasida katta e'tibor qozondi va tibbiyot xodimlarining kasbiy tayyorgarligi yana bir bor e'tirof etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu qahramonlikni ko‘rsatgan shifokor Samarqanddagi xususiy klinika rahbari, tajribali otorinolarinolog Hasan Kamilov bo'lib chiqdi. Mutaxassis ayni paytda Toshkent davlat tibbiyot universitetining izlanuvchisi hisoblanib, Koreyadagi Chunbuk universitetida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan edi.

Hasan Kamilovning so‘zlariga ko‘ra, parvoz vaqtida yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan keskin yomonlashgan. Ayol o‘ta og‘ir shok holatida bo‘lib, unda tana haroratining pasayishi hamda teri qoplamalarining ko‘karishi kabi xavfli alomatlar kuzatilgan, bu esa ekipaj va atrofdagilarni jiddiy tashvishga solgan.

Shifokor o‘z yonida doim olib yuradigan shoshilinch tibbiy yordam vositalari, shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi ekipaji taqdim etgan kislorod niqobi va zarur tibbiy jihozlardan foydalangan holda jabrlanuvchiga malakali yordam ko‘rsatdi. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ayolning ahvoli barqarorlashdi va samolyotni favqulodda qo‘ndirishga ehtiyoj qolmadi.

O'zining bu qilmishini oddiy hol deb atagan Hasan Kamilov: “Bu qahramonlik emas, balki shifokorlik burchimiz va kundalik og‘ir ishlarimizning bir qismidir”, deya ta'kidlab o'tdi.

Source: www.uznews.uz