Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbariyati tomonidan ilgari berilgan rad etish bayonotlariga qaramang, «Oʻzbekiston pochtasi» aksiyadorlarining yigʻilish bayonotidan muhim tafsilotlar fosh boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, milliy pochta operatori ustidan nazoratni Rossiyaning yirik marketpleysi Wildberries kompaniyasining mahalliy shuʼba korxonasiga oʻtkazish boʻyicha maxsus bitim tuzilgan.
Oldinroq, joriy yilning 8-oktabr sanasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Davaktiv direktori Sohibjon Murodov Ommaviy axborot vositalarining savollariga javob berarkan, «Oʻzbekiston pochtasi» kompaniyasi Wildberries boshqaruviga berilmaganini qat'iy ta'kidlagan edi. Shuningdek, u kuzatuv kengashiga xorijiy kompaniya vakillarining kiritilishini faqatgina tajriba almashish hamda foizsiz moliyaviy resurslar jalb qilish zarurati bilan izohlagan edi.
Biroq, keyinchalik eʼlon qilingan korporativ hujjatlar rasmiy bayonotlar va amaldagi holat oʻrtasida tafovutlar borligini koʻrsatdi. Jumladan, aksiyadorlarning yigʻilish bayonnomalaridan kelib chiqib, 2025-yil oxiridayoq «WB INT EXPORT» MCHJ bilan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisida rasmiy shartnoma imzolangani maʼlum boʻldi. Ushbu hujjatga koʻra, ishonchli boshqaruvchiga aksiyadorning barcha huquqlari berilgani qayd etilgan.
Hozirgi kunda ushbu shartnomaning amaldagi huquqiy statusi va kelgusidagi oqibatlari boʻyicha savollar ochiq qolmoqda. Mutaxassislar davlat mulki hisoblangan strategik obyektning boshqaruvi xususiy va chet elga aloqador tuzilmalar qoʻliga oʻtish jarayonining shaffofligi yuzasidan jamoatchilikda haqli savollar tugʻilayotganini ta'kidlashmoqda.
Source: kun.uz