Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tashkil etilgan «ONA. Ona tabiat» nomli maxsus koʻrgazmada ishtirok etdi. Tashrif yakunlari boʻyicha u oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tadbir qoldirgan taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi va uning ahamiyatini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, mazkur ekspozitsiya barchada juda iliq va unutilmas taassurotlar qoldirgan. Ijodkorlar oʻzlarining sanʼat asarlari orqali jamiyat uchun muhim boʻlgan bir gʻoyani — tabiat ham xuddi munis onalarimiz kabi mehr, gʻamxoʻrlik va chuqur ehtiromga loyiq ekanligini mahorat bilan ochib berishga muvaffaq boʻlishgan.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva bunday ezgu tuygʻularni va tabiatga nisbatan toʻgʻri munosabatni yosh avlod, jumladan farzandlarimiz ongiga singdirish har qachongidan ham muhim ekanligini qayd etdi. U oʻz navbatida Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamgʻarmasi hamda Haydar Aliyev jamgʻarmasini ushbu ajoyib koʻrgazmaning ochilishi bilan samimiy muborakbod etib, ibratli tashabbus uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Source: kun.uz