O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarga qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlar o‘rniga ularning raqamli versiyalaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi idoraviy normativ hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur yangilikka ko‘ra, 33 ta idoraviy hujjatga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, aholiga hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish, mas’ul tashkilotlarga эса ularni qabul qilish majburiyati yuklandi.
Tasdiqlangan tartibga asosan, endilikda fuqarolar qog‘oz shaklidagi hujjatlar o‘rniga “my.gov.uz” Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida mavjud bo‘lgan elektron versiyalardan bemalol foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu qulaylik biometrik pasport, ID-karta, tug‘ilish va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik ma’lumotnomasi, urush qatnashchisi guvohnomasi hamda talabalik guvohnomalariga tatbiq etiladi.
Raqamli hujjatlarning amalda qo‘llanilishi doirasi ham kengaytirilib, ular bank xizmatlari va moliyaviy operatsiyalarda shaxsni tasdiqlash uchun, notaridlar idoralarida harakatlarni amalga oshirishda hamda mamlakat ichidagi aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qabul qilinishi belgilandi. Shuningdek, ломбардлар bilan shartnoma tuzish, telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish, qon topshirish jarayonlari va harbiy hisobga qo‘shilishda ham qog‘oz talab etilmaydi.
Source: www.uznews.uz