O‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari uchun Germaniyada ishlash imkoniyati: Globogate dasturi qabul e’lon qilindi
O‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari uchun Germaniya klinikalarida ishlash imkonini beruvchi Globogate dasturi doirasida qabul e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligining “Xorijda ish” Telegram kanalida xabar berildi. Dastur Germaniya bo‘ylab 800 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda, bu o‘zbek tibbiyot xodimlari uchun xorijda ishlash uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.











