Rossiya prokuraturasi "Krokus Siti Holl" ishi bo'yicha 19 kishidan 15 tasi uchun umrbod qamoq jazosini talab qildi. Bu haqda 16-fevral kuni RBCga advokat Lyudmila Ayvar ma'lum qildi.
Foto: Yuriy Kochetkov / EPA / TASS
Ularga Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari, jumladan, terrorchilik harakatini sodir etish bo'yicha ayblovlar qo'yilgan. Ayblov tomonidan talab qilinayotgan minimal jazo 19 yil ozodlikdan mahrum qilish, "Moskva" agentligi xabar beradi.
Tergov versiyasiga ko'ra, "Krokus Siti Holl"ga hujum "Islom davlati" tarkibiga kiruvchi "Viloyat Xuroson" terror tashkiloti tomonidan tashkil etilgan. Shu bilan birga, tergovchilar tayyorgarlikda xorijiy maxsus xizmatlar ishtirok etgan bo'lishi mumkinligini va terror hujumining "Ukraina oliy rahbariyati manfaatlari uchun" tashkil etilganligini da'vo qilmoqda. Jinoyat tashkilotchilari, tergov ma'lumotlariga ko'ra, hali aniqlanmagan.
Ish bo'yicha ikki mingdan ortiq kishi jabrlanuvchi sifatida tan olingan. Sud jarayoni davom etmoqda.
Source: kun.uz