Rossiya prokuraturasi "Krokus Siti Holl" ishi bo'yicha 19 kishidan 15 nafari uchun umrbod qamoq jazosini talab qildi. Bu haqda 16-fevral kuni RBCga advokat Lyudmila Ayvar ma'lum qildi.

Foto: Yuriy Kochetkov / EPA / TASS

Ularga Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari, jumladan, terrorchilik harakati sodir etish bo'yicha ayblovlar qo'yilgan. Ayblov tomonidan talab qilinayotgan minimal jazo 19 yil ozodlikdan mahrum qilish, "Moskva" agentligi xabar beradi.

Tergov versiyasiga ko'ra, "Krokus Siti Holl"ga hujum "Islom davlati" tarkibiga kiruvchi "Viloyat Xurosan" terror tashkiloti tomonidan tashkil etilgan. Shu bilan birga, tergovchilar tayyorgarlikka xorijiy maxsus xizmatlar aloqador bo'lishi mumkinligini, terror harakati esa "Ukraina oliy rahbariyati manfaatlari uchun" tashkil etilganligini da'vo qilmoqda. Jinoyat tashkilotchilari hali aniqlanmagan.

Ish bo'yicha ikki mingdan ortiq kishi jabrlanuvchi sifatida tan olingan. Sud jarayoni davom etmoqda.

Source: kun.uz