Qirg'iziston Prezidenti Sadyr Japarov bir vaqtning o'zida uchta vazirlik rahbarlarini iste'foga chiqardi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati jurnalistlarga ma'lum qildi.
Foto: AKIpress
Imzolangan farmonga ko'ra, favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan Boobek Ajikeev ozod qilindi.
Shunga o'xshash farmonlar bilan tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiev, shuningdek, transport va aloqa vaziri Absattar Syrgabaev ham ishdan bo'shatildi. Kadr qarorlarining sabablari rasman ochiqlanmadi.
Shu bilan birga, Japarov mamlakatda davlat to'ntarishiga sharoit yo'qligini va amaldagi qonunchilik buni sodir bo'lishiga imkon bermasligini aytdi. Prezidentning so'zlariga ko'ra, vaziyat uning nazorati ostida va "noto'g'ri narsalar" paydo bo'lsa, ularni bartaraf etish uchun tezkor ko'rsatmalar beriladi.
Source: kun.uz