Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 17-fevral kuni Dushanbe shahrida O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Oripovni ishchi tashrif bilan qabul qildi. Bu haqda Tojikiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida tomonlar Tojikiston va O'zbekiston o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Ularni keyingi rivojlantirish va kengaytirish yo'llari ko'rib chiqildi.
O'zaro savdo va investitsiya hamkorligi ko'rsatkichlarining ijobiy dinamikasi qoniqarli deb baholandi. Emomali Rahmon sanoat, energetika, transport, qishloq xo'jaligi va o'zaro manfaatli boshqa sohalarda bu jarayonni yanada ilgari surish uchun sezilarli imkoniyatlar mavjudligini ta'kidladi. Tomonlar, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga qiziqish bildirdilar.
Tojikiston rahbari Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyasining samarali ishlashini qayd etdi, uning navbatdagi yig'ilishi shu kuni Dushanbeda bo'lib o'tdi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibining barcha yo'nalishlari bo'yicha konstruktiv va ishonchli davlatlararo muloqotni davom ettirishning ahamiyatini ta'kidladilar. E'tibor, shuningdek, kelgusi yuqori darajadagi uchrashuv va muzokaralarga sifatli tayyorgarlik ko'rish masalalariga qaratildi. Joriy yilda shunga o'xshash davlatlararo tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish jadvali bo'yicha fikr almashildi.
Foto: Tojikiston Prezidentining matbuot xizmati
Source: kun.uz