Ukrainaning Oliy korrupsiyaga qarshi sudi (VAKS) 17-fevral kuni sobiq energetika vaziri German Galushchenkoga 60 kunlik, ya'ni 15-aprelgacha qamoq jazosini belgiladi.

Sud qarorida, sobiq mansabdor shaxs 200 million grivna (taxminan 3,9 million dollar) garov to'laganda qamoqdan ozod qilinishi mumkinligini e'lon qildi. Shu bilan birga, ayblov tomoni bu summani yuqoriroq qilishni talab qilgan.

Agar garov evaziga ozod qilinsa, unga Kiyev va Kiyev viloyati chegaralaridan chiqish, ishning boshqa ishtirokchilari, jumladan Timur Mindich bilan aloqa qilish taqiqlanadi va elektron bilaguzuk kiyish majburiyati yuklanadi. Galushchenko sud qaroriga shikoyat qilish va huquqiy himoya uchun mablag' yig'ishni boshlash niyatida ekanligini bildirdi, "Interfaks-Ukraina" agentligi xabar berdi.

Sobiq vazir 15-fevral kuni Ukrainani tark etishga urinayotganida qo'lga olindi. Ukrainaning Ixtisoslashtirilgan korrupsiyaga qarshi prokuraturasi va Milliy korrupsiyaga qarshi byuro ma'lumotlariga ko'ra, u "Midas" ishi bo'yicha, "Energoatom" davlat kompaniyasida mablag' o'g'irlashda gumon qilinayotgan shaxs sifatida tekshirilmoqda.

Source: kun.uz