O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-19 fevral kunlari Vashingtonda bo'lib o'tadigan Tinchlik Kengashining ochilish yig'ilishida ishtirok etish uchun ish tashrifi bilan AQShga boradi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kengashning birinchi sammiti AQSh Tinchlik Instituti doirasida bo'lib o'tadi va u G'azo sektorini tiklash va gumanitar yordam ko'rsatish, shu mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlash masalalariga bag'ishlanadi.
Tashrifning ish dasturida davlat rahbarining yetakchi amerika kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokida strategik loyihalarni taqdim etish va ikki tomonlama iqtisodiy hujjatlarni imzolash marosimida qatnashishi ko'zda tutilgan.
Esda tutish kerakki, Tinchlik Kengashi AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan. O'zbekiston unga asoschi davlat sifatida yilning yanvar oyida Shveytsariyaning Davos shahrida qo'shilgan.
Source: kun.uz