Nukus shahri markazidan oqib o‘tuvchi "Do‘stlik" kanalida 17-fevral kuni soat 08:20da odam cho‘kayotgani haqida xabar kelgan. Vaziyatni kanal bo‘yidan o‘tayotgan bir piyoda kuzatib, qutqaruv xizmatiga xabar bergan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining suv osti qutqaruvchilari tez yetib kelib, jabrlanuvchini suvdan chiqarishgan. Unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlanib qolgan.

Keyin qutqarilgan ayol tez tibbiy yordam brigadasiga topshirilgan.

Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatilib, shifokorlarga topshirilgan.

Foto: videodan kadr

Source: kun.uz