Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahri Uchtepa tumani prokurori yordamchisi noqonuniy harakatda ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati ma'lumotiga ko'ra, u 2025-yil sentabrgacha Shayxontohur tumanida ishlagan, hozir Uchtepa tumanida prokuror yordamchisi bo'lgan shaxs tadbirkorga ikkita bino yerto'lasini ijaraga berib, $15 ming olayotganda qo'lga olingan.

U pullarni olib, mashinasida qochishga urinayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Toshkent shahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi (Firibgarlik) bo'yicha unga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atib, qamoqqa olgan.

DXX fuqarolardan bunday holatlarda 1520 raqamiga murojaat qilishni so'radi.

Source: www.gazeta.uz