Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yili" konida sodir bo‘lgan avariyani bartaraf etish uchun ilmiy yechim topilganini ma’lum qildi.

Viloyat hokimiyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda "Mustaqillikning 25 yili" yirik gaz qayta ishlash majmuasidagi murakkab texnologik muammoni hal qilish uchun hamkorlar bilan ilmiy yechim topilgani ta’kidlandi.

"Biz avariyani to‘xtatamiz va Surxondaryo iqtisodiyotiga kuchli turtki beradigan loyihani boshlaymiz", – dedi prezident.

Yig‘ilishda viloyatning Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun tumanlar markazlariga kanalizatsiya o‘tkazish loyihasi ishlarini boshlash belgilandi.

Qofrun qishlog‘idagi "Kulkomish" mahallasida joylashgan "Mustaqillikning 25 yili" (M-25) gaz koniga tegishli 604-sonli quduqda 2024-yil 1-sentyabrda burg‘ulash ishlari paytida oltingugurtli vodorod sizib chiqa boshladi. 2-sentyabrda Qofrun aholisi evakuatsiya qilindi.

Biroq konni yopish muvaffaqiyatli bo‘lmadi, 17-sentyabrda yana avariya sodir bo‘lib, 4 kishi halok bo‘ldi va 11 kishi jabrlangan.

2025-yil 27-martda kondagi quduqda yana portlash sodir bo‘ldi. Energetika vazirligi quduqni tabiatga zarar yetkazish va havoni ifloslanishidan saqlash uchun yoqib yuborilganini ma’lum qildi.

24-aprelda Telegram kanallarida gaz chiqayotgan 202-sonli quduq og‘zining o‘z-o‘zidan yopilgani haqida video tarqaldi. 5-mayda bu quduqda yana portlash sodir bo‘ldi.

Source: kun.uz