Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

"Qirg‘iziston aeroportlari" Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent—O‘sh yo‘nalishida yangi muntazam reyslarni ishga tushirmoqda. Parvozlar 1-apreldan boshlanadi.

Haftasiga ikki marta (chorshanba va shanba) Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi 1 soat 10 daqiqa.

Chipta narxi ikki tomonga 1,5 million so‘mdan ($124) boshlanadi. Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy sayti yoki Telegram Mini App orqali sotib olish mumkin.

Yangi reys turizm va biznesni rivojlantirishga, shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

O‘sh viloyati Qirg‘izistonning janubida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston bilan chegaradosh. Viloyat aholisi 1,437 million kishini tashkil etadi.

Source: www.gazeta.uz