Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan ijtimoiy me'yor O'zbekistonning barcha hududlarida 15-martgacha uzaytirildi. Energetika vazirligi bu haqda xabar berdi.
"Ob-havo prognozlariga ko'ra, sovuq havo massasining boshqa hududlarga kirishi ehtimoli tufayli, 500 kub metrlik bazaviy me'yor 2026-yil 15-martgacha uzaytirildi", deyiladi vazirlikning bayonotida.
15-martdan keyin ob-havo sharoitiga qarab qo'shimcha choralar ko'rilishi mumkin.
Gaz iste'moli uchun oshirilgan me'yor noyabrdan fevralgacha amal qiladi, 1-martdan esa 100 kub metrgacha kamayadi. 2025-yilda bu me'yor 1-aprelgacha uzaytirilgan edi.
Ehtiyojmand oilalarga har oy elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiyalar to'lanadi.
Ilgari bazaviy me'yor faqat Qoraqalpog'iston va Xorazm uchun 15-martgacha uzaytirilgandi.
Source: www.gazeta.uz