Andijonda Cobalt haydovchisi e'tiborsizligi natijasida ikki nafar bolaga urildi
Andijon shahrida Chevrolet Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi e'tiborsizlik oqibatida yo'lakda turgan ikki nafar voyaga yetmagan bolalarni urib yubordi. Voqea 3-aprel kuni soat 18:47 da Mustaqillik ko'chasida, "Hamdo'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida yuz berdi.











