Toshkentda avtobus bilan bolaning baxtsiz hodisasi: Rasmiy ma’lumotlar e’lon qilindi
Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus bilan 13 yoshli qizning to‘qnashuvi haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, rasmiylar voqea holatini ochiqladi. “Toshshahartransxizmat” ma’lumotlariga ko‘ra, baxtsiz hodisa 2 aprel kuni soat 12:41 da yuz bergan.











