Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Isroil hukumati G'azo shimolida amalga oshirilgan havo hujumida Hamasning harbiy qanoti rahbari Muhammad Odehni o'ldirganini e'lon qildi. Bu voqea mo'rt deb atalgan “sulh” kelishuvi yanada kuchli bosim ostida qolgan bir paytda yuz berdi.

Isroil harbiy kuchlari 11-mart kuni G'azo shahrida Odehni nishonga olgan hujum uyushtirgan. Isroil Mudofaa vaziri Isroil Katz X’dagi postida “Hamas terror tashkiloti harbiy qanotining to'rtinchi rahbari yo'q qilindi va do'zax tubidagi sheriklariga jo'natildi” deb yozgan.

Odeh Hamasning sobiq razvedka boshlig'i bo'lib, avvalroq o'ldirilgan Izz al-Din al-Haddaddan keyin Qassam brigadalari rahbari bo'lgani aytiladi, ammo Hamas bu tayinlashni rasman tasdiqlamagan. Isroil armiyasi Odehni 2023-yil 7-oktabrdagi hujumlarni rejalashtirishda va amalga oshirishda ishtirok etganlikda ayblaydi.

Hujum oqibatida G'azo shahrining Remal mahallasida 6 kishi halok bo'lib, 20 kishi yaralangan. Al Jazeera muxbiri Xind Xudariyning so'zlariga ko'ra, hujum band bozor hududiga qaratilgan va katta vayronagarchilikka sabab bo'lgan. Musulmonlar Ramazon hayitiga tayyorgarlik ko'rayotgan paytda portlashlar sodir bo'lgan.

Isroilning 7-oktabr hujumlariga javoban boshlagan urushi 72 800 dan ortiq falastinlikning o'limiga sabab bo'lgan. Shu vaqt ichida Isroil Hamasning bir qancha yuqori martabali yetakchilarini, jumladan Ismoil Haniya va Yahyo Sinvorni o'ldirgan. “Sulh” 11-yanvardan kuchga kirgan bo'lsa-da, shu vaqtgacha kamida 906 falastinlik halok bo'lgan.

Source: www.aljazeera.com