Xitoyda Yoozoo Games kompaniyasining sobiq menejeri Syu Yao qatl etildi. U Netflix’ning “Uch jism siri” seriali prodyuseri va o‘yin magnati Lin Tsiyni zaharlashda ayblangan edi.
Lin Tsiy 2020-yil dekabrida 39 yoshida to‘satdan vafot etdi. Tergov uning kompaniya boshqaruvi bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli o‘z qo‘l ostidagi xodimi tomonidan zaharlanganini aniqladi. Syu Yao “Uch jism siri” seriali ustida ishlagan va Lin Tsiy tomonidan maoshi kamaytirilgan va loyihadan chetlashtirilgan edi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Syu Yao hamkasblarining ovqati va ichimliklariga zahar qo‘shgan. Lin Tsiy kasalxonaga yotqizilgan va 9 kundan keyin vafot etgan. Yana 4 kishi zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga tushgan. Syu Yao rahbar kasalxonaga yotqizilganidan bir necha kun o‘tib hibsga olingan.
2024-yil mart oyida Syu Yao o‘lim jazosiga hukm qilingan. 21-may kuni hukm ijro etilgani va Yoozoo Games kompaniyasi buni 26-may kuni rasman tasdiqlagan. Kompaniya bayonotida chuqur qayg‘u izhor etilib, Lin Tsiy oilasiga ta’ziya bildirilgan.
Lin Tsiy Yoozoo-ni 2009-yilda asos solgan. Kompaniya League of Angels va Drakensang Online kabi onlayn o‘yinlarni, shuningdek, “Taxtlar o‘yini: Qish keladi” o‘yinini chiqargan. Keyinchalik Yoozoo kinoprodyuserlik bilan shug‘ullangan. 2015-yilda “Uch jism muammosi” romanini ekranlashtirish huquqini sotib olgan va 2020-yilda Netflix bilan shartnoma imzolagan. 2024-yilda chiqarilgan serial platformadagi eng mashhur loyihalardan biriga aylandi.
Source: podrobno.uz