Germaniyaning Myunxen shahrida 20-iyun kuni erta tongda yuk poyezdi relsdan chiqib ketishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Hodisa shaharning shimoliy qismidagi Milbertshofen tumanida yuz berdi.
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yuk poyezdi to‘qnashgan, shundan so‘ng ikki vagon temir yo‘l ko‘prigidan pastdagi ko‘chaga qulagan. Voqea joyiga 60 ga yaqin qutqaruvchi yuborilgan.
Bir kishi og‘ir yaralangan va shifoxonaga yetkazilgan, biroq u yerda vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan vagonlar bo‘sh bo‘lgan va ularda xavfli yuk bo‘lmagan.
Ko‘prik ostidagi yo‘l uchastkasi yopilgan, avariya sabablari o‘rganilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda Dushanbe-Xorog yo‘lida yo‘l-transport hodisasida Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyati rahbari halok bo‘lgandi.
Source: podrobno.uz