Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimi Eron neft eksportiga nisbatan vaqtinchalik sanktsiyalarni olib tashladi, bu esa Hindiston neft qayta ishlash zavodlariga eron neftini sotib olish imkoniyatini yaratdi. Ushbu qaror AQSh va Eron o'rtasidagi muzokaralar doirasida qabul qilindi.

Eron Milliy Neft Kompaniyasi xalqaro neft kompaniyalari, jumladan hindistonlik neft qayta ishlovchilar va savdo uylari bilan aloqaga chiqdi. The Indian Express gazetasining xabar berishicha, bu tijorat aloqalarini tiklash maqsadida qilinmoqda.

AQSh rejimi tomonidan berilgan vaqtinchalik 60 kunlik sanktsiyalardan ozod qilish Eron nefti, neft mahsulotlari va neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotishga 21 avgustgacha ruxsat beradi.

Ushbu qaror Hindiston uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u bir vaqtlar Eron neftining eng yirik xaridorlaridan biri edi. 2019-yilda AQSh sanktsiyalari tufayli Hindiston eron neftini sotib olishni to'xtatgan edi.

Hozircha hindistonlik neft qayta ishlovchilar ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Ular AQSh rejimining ikkilamchi sanktsiyalariga duchor bo'lmaslik uchun sanktsiya ostidagi neft va gazdan voz kechishmoqda.

Source: www.dw.com