Sobiq og'ir vazn toifasidagi jahon chempioni Jozef Parker uch oylik diskvalifikatsiyadan so'ng ringga qaytish huquqini qo'lga kiritdi. Buyuk Britaniya antidoping agentligi (UKAD) uning musobaqadan chetlashtirilishini bekor qildi.
34 yoshli yangi zelandiyalik bokschi 2025-yil oktabr oyida Londonda Fabio Uordliga mag'lubiyatga uchragan kuni kokain uchun ijobiy natija ko'rsatgan edi. Parker har doim taqiqlangan moddalarni bila turib qabul qilganini rad etib kelgan.
UKAD bayonotiga ko'ra, Parker Uordli bilan jang oldidan yollagan ovqatlanish bo'yicha mutaxassis kokainning muntazam iste'molchisi bo'lgan. Mutaxassis jang oldidan hafta davomida har kuni kokain iste'mol qilganini tan olgan.
Parker 2025-yil 25-oktabrda VADA tomonidan testdan o'tkazilgan va o'sha kuni Londonning O2 Arena'da Uordliga mag'lub bo'lgan. Ertasi kuni UKAD testi ham ijobiy chiqqan.
UKAD iyun oyida kokain iste'moli musobaqadan tashqari va sport ko'rsatkichlari bilan bog'liq bo'lmagan holatda sodir bo'lganini aniqlab, Parkerga qo'yilgan vaqtinchalik diskvalifikatsiyani olib tashlagan.
Parkerning professional rekordi 36 g'alaba va 4 mag'lubiyatni tashkil etadi. U 2016-2018-yillarda WBO chempioni bo'lgan, keyin chempionlikni Entoni Joshuga boy bergan.
Parkerning o'zi ham diskvalifikatsiya bekor qilinganini tasdiqlab, "Yaqinda ringga qaytaman", degan. U Uordliga mag'lubiyatdan so'ng WBO majburiy da'vogar maqomini yo'qotgan edi.
Source: www.aljazeera.com