2026-yil iyul oyida dunyo markaziy banklari jami 23 tonna oltin xarid qildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Qimmatbaho metallning eng yirik xaridorlari Xitoy (20 tonna) va Polsha (8 tonna) bo‘ldi. Shu bilan birga, bir qator davlatlar sotuvchi sifatida chiqdi.
Xususan, Rossiya bir oy ichida 6 tonna oltinni sotdi. Sotuvchilar qatoriga O‘zbekiston Markaziy banki, shuningdek, Turkiya va Iordaniya regulyatorlari ham kirdi – ular har biri 1 tonnadan sotdi.
Yil boshidan buyon jahon regulyatorlari tomonidan oltinning sof xaridlari taxminan 130 tonnani tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich taxminan 160 tonna darajasida edi.
Source: podrobno.uz