O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi. Unda mintaqadagi hozirgi vaziyat inobatga olinib, fuqarolar shaxsiy xavfsizlik choralariga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirilgan.
Elchixona xabariga ko‘ra, hududda xavfsizlik holati tez o‘zgarishi mumkin. Shu bois fuqarolarga Isroilning rasmiy idoralari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan berilayotgan ko‘rsatma va ogohlantirishlarga qat’iy amal qilish tavsiya etildi.
Shuningdek, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarga bormaslik, odamlar gavjum hududlarda uzoq vaqt qolmaslik, harakatlanish va safarlarni rejalashtirishda ehtiyotkorlikka rioya qilish so‘ralgan. Ayrim hududlarga safarni vaqtincha kechiktirish masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etildi.
Fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘zlari bilan olib yurish hamda yaqinlari bilan muntazam aloqada bo‘lish zarurligi eslatilgan.
Elchixona bilan bog‘lanish uchun quyidagi telefon raqamlari taqdim etilgan: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076. Favqulodda va shoshilinch holatlar uchun +972 54 485 1397 raqamiga murojaat qilish mumkin. Shuningdek,
Elchixona vatandoshlarni vaziyatga jiddiy yondashishga va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Source: www.gazeta.uz