Isroil mudofaa vaziri Isroel Kats Eronni "oldini oluvchi" hujum deb e'lon qildi. U "butun mamlakat bo'ylab darhol favqulodda holat" e'lon qilganini aytdi.
Uning so'zlariga ko'ra, Isroil hududiga yaqin vaqt ichida raketa va pilotsiz samolyotlar bilan javobiy hujum kutilmoqda.
Isroil Mudofaa Kuchlari signal tizimlari ishga tushgani va boshpanalarga yaqin bo'lish haqida ogohlantirishlar yuborilganini ma'lum qildi. Cheklovlar joriy qilindi: ta'lim tadbirlari bekor qilindi, ommaviy yig'ilishlar va ofislar ishi (strategik ahamiyatga ega sohalardan tashqari) taqiqlandi.
Eronning Fars va Mehr agentliklari Tehron portlashlari haqida xabar berdi. Ularning ma'lumotlariga ko'ra, bir nechta raketa shaharning markaziy qismidagi universitet ko'chasi va Jumhuriy maydoni hududiga tushdi. Hozircha rasmiy oqibatlar haqida ma'lumot yo'q.
Bundan oldin, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio amerikalik fuqarolarni Eronga sayohatdan voz kechishga va u yerda bo'lganlarni chiqib ketishni ko'rib chiqishga chaqirdi. The New York Times gazetasi ham, vaziyat keskinlashuvi fonida, AQShning Quddusdagi elchixonasi xodimlariga Isroilni tark etishni tavsiya qilganini xabar qildi.
Source: kun.uz