Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kanadaning asosan fransuziyzabon aholisi istiqomat qiluvchi Kvebek provinsiyasida o‘tkazilgan parlament saylovlarida Kvebek partiyasi (Parti Quebecois) eng ko‘p o‘rinni qo‘lga kiritib, navbatdagi mahalliy boshqaruvni shakllantirish arafasida turibdi. Mazkur voqelik Kvebekning federatsiyadan ajralib chiqishi bilan bog‘liq azaliy masalani qayta kun tartibiga olib chiqdi va Ottavadagi Kanada rejimining ichki barqarorlik haqidagi da’volariga jiddiy zarba berdi.

G‘alaba qozongan partiya yetakchisi Pol Sen-Pyer Plamondon yangi bosh vazir lavozimini egallashi kutilmoqda. Saylovoldi tashviqoti davomida u o‘zining birinchi vakolat muddati davomida Kanadadan ajralib chiqish bo‘yicha uchinchi referendumni o‘tkazishga va’da bergan edi. Shunga qaramay, u mintaqaviy noaniqliklardan xavfsirab, bu jarayonni go‘yoki AQSh rejimi rahbari Donald Tramp o‘z lavozimini tark etadigan 2029-yil yanvariga qadar kechiktirish niyatida ekanini da’vo qilmoqda.

Hozircha bo‘lginchilar 127 o‘rinli Milliy Assambleyada mustaqil qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan 64 o‘rinlik mutlaq ko‘pchilikka erishgani yoki erishmagani noma’lum bo‘lib qolmoqda. Agar partiya bu marraga yeta olmasa, u muxolifat ko‘magiga qaram bo‘lgan ozchilik boshqaruvini shakllantirishga majbur bo‘ladi. Shunga qaramay, ushbu g‘alaba 2022-yilgi saylovlarda bor-yo‘g‘i uchta o‘ringa ega bo‘lgan partiya uchun keskin burilish bo‘ldi hamda mustaqillikni qo‘llamaydigan o‘ng-markazchi koalitsiyaning sakkiz yillik hukmronligiga barham berdi.

Siyosiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, ushbu g‘alaba viloyatda ajralib chiqish g‘oyasi keskin ommalashib ketganidan emas, balki Kvebekdagi ko‘ppartiyaviylik tizimida ovozlarning parchalanishidan dalolat beradi. Hududda to‘liq mustaqillikni qo‘llovchilar soni tarixiy darajaga nisbatan ancha past — taxminan 30 foiz atrofida saqlanib qolmoqda. Biroq, yaqin haftalarda Alberta provinsiyasida ham mustaqillikka doir referendum o‘tkazilishi kutilayotgan bir paytda, Kvebekdagi yangi siyosiy inqiroz Mark Karni boshchiligidagi federal Kanada rejimining birdamlik borasidagi mo‘rt pozitsiyasini yanada fosh etmoqda.

Source: www.aljazeera.com