Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yaman xalqaro miqyosda tan olingan hukumati harbiylari o‘tgan sutka davomida o‘tkazilgan nishonli amaliyotlar natijasida yuzlab husiychi jangarilari yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Yaman hukumat kuchlari vakili polkovnik Majid Abdulloh an-Naziliyning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan ikki mingga yaqin nishonli amaliyotlar doirasida kamida 1,150 nafar husiychi o‘ldirilgan.

Shuningdek, uning iddao qilishicha, armiya husiychilarning o‘q-dorilar omborlarini hamda kamida 180 ta harbiy, transport va ta’minot vositalarini yo‘q qilgan, quruqlikdagi kuchlar esa o‘z hujumlarini davom ettirmoqda. Biroq mustaqil manbalar bu ma’lumotlarni tasdiqlay olmagani ta’kidlanmoqda.

Ar-Riyod shahridagi Qi G‘olid xalqaro aeroportiga uyushtirilgan hujum ortidan vaziyat yanada keskinlashdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari rejimi rahbari Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarning Vashington husiychilarga qarshi zarbalarga qo‘shilish yoki qo‘shilmasligi haqidagi savoliga tez orada qaror qabul qilishini aytib, noaniq bayonot berdi.

Eron hukumatining ko‘magiga tayanadigan husiychi guruh aviakompaniyalarni Saudiya Arabistoni havo hududidan foydalanmaslik haqida ogohlantirdi. Ekspertlarning fikricha, mintaqadagi ziddiyatlar yaqin orada pasaymaydi, chunki hozirda vaziyatni yumshatishga qodir bo‘lgan hech qanday vositachilik sa’y-harakatlari kuzatilmayapti.

Source: www.aljazeera.com