Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Argentina futbol afsonasi Diyego Maradonaning 2020-yilda vafot etishi yuzasidan o'tkazilayotgan sud jarayonida uning davolovchi shifokori, neyroxirurg Leopoldo Lukening advokatlari yakuniy nutqlar bilan chiqishdi. Himoya tomoni prokuratura talab qilgan 12 yillik qamoq jazosini qat'iyan rad etib, shifokor bu ishda shunchaki «qurbon qilingan inson» (tayyor aybdor) qilib ko'rsatilayotganini va uning bu fojiali o'limga aloqasi yo'qligini ma'lum qildi.

️ Sud majlisida so'zga chiqqan advokat Roberto Rallin va uning hamkasbi Fransisko Onetoning ta'kidlashicha, Maradonaning o'limi mutlaqo kutilmagan va oldindan bashorat qilib bo'lmaydigan yurak xuruji oqibatida yuz bergan. Himoyachilarning so'zlariga ko'ra, fojiali oqibatni oldindan ko'rishning hech qanday iloji bo'lmagan va futbolchining operasiyadan oldingi tibbiy tahlillarida yurak bilan bog'liq jiddiy muammolar aniqlanmagan.

️ Prokuratura esa o'z navbatida Lukening o'z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani va ogohlantiruvchi alomatlarga e'tibor bermaganini qattiq tanqid qildi. Ayblov xulosasiga ko'ra, shifokorning harakatsizligi bemorning ahvoli yomonlashishiga olib kelgan. Ushbu ish doirasida jami yetti nafar tibbiyot xodimi ehtiyotsizlik orqali o'limga sababchi bo'lganlikda ayblanib sudga tortilgan bo'lib, prokurorlar ular uchun 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini talab qilmoqda.

️ Sud jarayonida sudlanuvchilar va himoya vakillari turli bahsli dalillar, jumladan, Maradonaning jasadini yorish jarayoni aks etgan videolarni ham taqdim etishdi, bu esa marhumning qizlarining keskin noroziligiga sabab bo'ldi. O'z navbatida, Leopoldo Luke sud majlisida marhumga doimo g'amxo'rlik qilgani va uni sevganini ta'kidlab, o'zini oqlashga harakat qildi. Ish bo'yicha himoya nutqlari davom etishi kutilmoqda.

Source: www.aljazeera.com