Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlar uchun olib kiriladigan transport vositalariga nisbatan ilgari amalda bo‘lgan cheklov bekor qilindi. Endilikda bir kalendar yil davomida faqat bitta avtomobilga muvofiqlik sertifikati berilishi talabi olib tashlandi.

Tegishli o‘zgartirishlar Prezidentning 4-iyun kuni imzolangan 104-sonli Farmoni bilan kiritildi. Hujjat muomalaga chiqariladigan g‘ildirakli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentga o‘zgartishlar kiritadi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, qoidalardan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan bir kalendar yil davomida shaxsiy foydalanish uchun olib kirilgan faqat bitta transport vositasiga muvofiqlik sertifikati berilishini cheklovchi band chiqarib tashlandi.

Hujjat 2026-yil 5-iyundan kuchga kiradi.

Source: kun.uz