Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahar YHXB xodimlari Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan halokatli yo‘l-transport hodisasi yuzasidan yangi tafsilotlarni ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Zeekr va KIA avtomobillarini voyaga yetmaganlar boshqargan.

Fojiadan so‘ng Toshkent YHXB boshlig‘i avariya holatlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bundan tashqari, boshqarma xodimlari YTH ishtirokchilari yashaydigan mahallada profilaktik ishlarni boshladi.

YHXB ota-onalarga voyaga yetmaganlarni avtomobil boshqarishga qo‘yib qo‘ymaslik lozimligini eslatdi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.

Hodisa 30 iyun kuni soat 05:10 atrofida poytaxtning Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmaganlar ko‘chada poyga uyushtirgan va ulardan biri to‘liq tezlikda o‘tib ketayotgan Chevrolet Lacetti’ga urilgan. Natijada bir ayol halok bo‘lgan, to‘rt yoshli bola va uning buvisi reanimatsiyaga yotqizilgan.

Avvalroq, to‘qnashuv oldidan KIA K5 avtomobili, taxminan, poygada qatnashgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Source: podrobno.uz