Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Turkiyaning Mugla viloyatida daryoda cho‘milayotgan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Yigit bir necha soat oldin uydan chiqib, daryoga suzishga ketgan va qaytib kelmagan.

Otasi o‘g‘lining shaxsiy buyumlari va kiyimlarini qirg‘oqda topib, zudlik bilan favqulodda xizmatlarga murojaat qilgan. Voqea joyiga jandarm, shifokorlar, suv politsiyasi va qutqaruv guruhlari yetib kelgan.

Qutqaruvchilar suvda yigitning jasadini topib, sud-tibbiy ekspertiza uchun morgga yuborishdi. Hozirda fojiaga oid tergov olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariyaning Sozopol shahrida 22 yoshli o‘zbekistonlik talaba qizni qutqarish chog‘ida cho‘kib vafot etgan edi. Uning jasadi suvdagi ulkan toshlar orasida qolib ketgan va uzoq vaqt davomida chiqarib olinmagan.

Source: podrobno.uz