O'zbekistonda Minsk avtomobil zavodi (MAZ) yuk mashinalarini qo'shma yig'ish ishlab chiqarish tashkil etiladi.
"Belavtomaz" holdingining boshqaruv kompaniyasi, OAO "MAZ" va UzBelMotors o'rtasidagi kelishuvni kompaniya rahbarlari Valeriy Ivankovich va Sherzod Talipov imzoladi.
Hujjat sanoat hamkorligini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish va ikki mamlakat o'rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashni nazarda tutadi.
Qo'shma korxona tashkil etilishi O'zbekistonda texnika ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va yangi ish o'rinlari yaratish imkonini beradi.
Hujyat Belarus hukumati delegatsiyasining Bosh vazir Aleksandr Turchin boshchiligida O'zbekistonga rasmiy tashrifi chog'ida imzolandi.
Source: podrobno.uz