Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara hududida vaziyatning keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildirdi.

Bayonotda tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirildi.

O‘zbekiston tomoni yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zaro hurmat prinsiplari asosida hal etilishi lozimligini ta’kidladi.

Pokiston “Tolibon”ga qarshi “ochiq urush” e’lon qildi va Afg‘onistonning bir qancha shaharlariga aviazarbalar berdi. Islomobod toliblarni Afg‘onistonni “Hindiston mustamlakasi”ga aylantirib, terrorizmni “eksport qilish”da aybladi va ularni yaqinda Pokiston hududida xudkush jangarilarning hujumlarida ayblagan.

Source: www.gazeta.uz