Farg'ona shahridagi ko'p qavatli uylardan birining podvalida noqonuniy basseyn tashkil etilib, unda siam akulalari boqilayotgani aniqlandi. Bu haqda Uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xabar berdi.
Inspeksiya xodimlari "Muruvvat" mahallasida o'tkazilgan reyd davomida kvartira egasi podvalning bir qismini o'rab olib, u yerga suv quvurini ulaganini aniqladi. Katta hajmdagi idishda esa siam akulalari saqlanayotgan edi.
Fuqaroga nisbatan ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 163-moddasi 1-qismiga asosan bayonnomalar tuzilib, jarima solindi. Shuningdek, unga 15 kun ichida basseynni demontaj qilish, xonani bo'shatish va podvalni avvalgi holatiga qaytarish bo'yicha ko'rsatma berildi.
Qayd etilishicha, siam akulalari chuchuk suvda yashaydigan baliq bo'lib, ularga akula nomi tana shakli o'xshashligi uchun berilgan, ammo ular haqiqiy akulalar emas.
Inspeksiya ko'p qavatli uylarning podval va umumiy foydalanish joylaridan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilmasdan foydalanish mumkin emasligini eslatdi.
Source: podrobno.uz