Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 2021–2025-yillarda o‘rta sinfga mansub aholi ulushi 37 foizdan 72 foizdan oshdi. Bu haqda Jahon banki tahliliga asoslanib xabar qilindi.

Tahlilga ko‘ra, mamlakatda yuqori o‘rta sinf ulushi 8 foizdan 31 foizga, quyi o‘rta sinf ulushi esa 29 foizdan 41 foizga ko‘tarilgan. Toshkentda bu ko‘rsatkichlar boshqa hududlarga qaraganda ancha yuqori bo‘lib, yuqori o‘rta sinf ulushi 71,5 foizga yetgan.

Mutaxassislarning fikricha, o‘rta sinfning kengayishiga xususiy sektorda ish haqining o‘sishi asosiy omil bo‘lgan. Shuningdek, poytaxtda mamlakatdagi yuqori malakali xususiy sektor ish o‘rinlarining 29 foizi joylashgan.

Bu o‘sish iqtisodiy islohotlar va bandlik tuzilmasidagi o‘zgarishlar natijasi sifatida baholanmoqda. Biroq hududlar o‘rtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda: Toshkent boshqa viloyatlarga qaraganda ancha ilgarilab ketgan.

Source: podrobno.uz