Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida o'tkazilgan maxsus operatsiya davomida kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarini noqonuniy sotish bilan shug'ullangan shaxs qo'lga olindi. Qonunbuzarlik dori vositalarini xaridorga topshirish chog'ida to'xtatildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo'limi xodimlari bo'lib o'tayotgan bitim haqida ma'lumot olib, xaridorga 50 dona "Omnadren-250" preparati berilishi kerakligini aniqladilar. Ushbu dori uchun xaridor 800 AQSh dollari to'lashi lozim edi.

Sotuv jarayonida sotuvchi qo'lga olinib, dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Mazkur holat yuzasidan kuchli ta'sir etuvchi moddalarning noqonuniy aylanmasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmokda.

Avvalroq Farg'ona vodiysida 11 ming dona psixotrop tabletka yetkazib berish holati bartaraf etilgan edi.

Source: podrobno.uz