Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2025-yilda Turkiya hukumati tomonidan noqonuniy yashash uchun 13 683 nafar O'zbekiston fuqarosi qo'lga olindi. Bu ko'rsatkich bo'yicha faqat Afg'oniston va Suriya fuqarolari ortda qoldi.

Turkiya Bosh migratsiya boshqarmasining rasmiy statistik ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilda O'zbekiston fuqarolari Turkiyada qo'lga olingan noqonuniy migrantlar soni bo'yicha uchinchi o'rinni egalladi. 2024-yilda bu ko'rsatkich 11 521 kishi bo'lib, O'zbekiston to'rtinchi o'rinda edi.

O'sish 2022-yildan beri davom etmoqda: 2021-yilda 4817 nafar, 2022-yilda 7553 nafar O'zbekiston fuqarosi qo'lga olindi. 2026-yil boshidan esa 1437 nafar qo'lga olingan.

Reytingda birinchi ikki o'rinni an'anaviy ravishda Afg'oniston va Suriya fuqarolari egallaydi, ammo ularning soni sezilarli darajada kamaydi. 2025-yilda 44 157 nafar afg'on va 22 515 nafar suriyalik qo'lga olindi, 2024-yilda esa bu raqamlar 65 815 va 50 641 edi.

Turkiyada noqonuniy migratsiya bo'yicha reydlar 2023-yil may oyidagi prezidentlik saylovlaridan keyin faollashdi va hozir ham davom etmoqda. Istanbul kabi shaharlarda har kuni o'tkaziladigan tekshiruvlar natijasida o'nlab chet elliklar qo'lga olinib, keyin deportatsiya qilinmoqda.

Source: ad.kun.uz