Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2025-yil may oyidagi tarix attestatsiyasida "Yustinian I vafotidan so‘ng qaysi qabila butun Ispaniyani egallagan?" savoliga "Vestgotlar" javobi ham to‘g‘ri deb qabul qilindi. Pedagogik mahorat markazi bu haqda ma’lum qildi.

Markaz bayonotida aytilishicha, savol mazmunida ilmiy tafovutlar borligi sababli o‘qituvchilarning attestatsiya natijalari o‘zgartirildi. Endi "Langobardlar" va "Vestgotlar" javoblari ikkalasi ham to‘g‘ri hisoblanadi.

To‘rt nafar tarix o‘qituvchisi bu savol uchun vazirlik ustidan sudga murojaat qilgan, ammo ikkala sudda ham yutqazgan. Biroq, Prezident virtual qabulxonasiga murojaatdan so‘ng vazirlik attestatsiya natijalarini qayta ko‘rib chiqdi.

Advokat Umarjon Jumaniyazovning aytishicha, endi o‘qituvchilar ma’naviy zarar va xarajatlarini undirish uchun sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Vazirlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova test natijalariga ball qo‘shilishini va har bir holatni o‘rganishni tasdiqladi.

Source: www.gazeta.uz