O'zbekistonda ko'p kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlarning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan yangi tartib joriy etilmoqda. Unga ko'ra, boshqaruv tashkilotlari har bir xizmat ko'rsatiladigan uy bo'yicha tushumlar to'g'risida har chorakda hisobot taqdim etishi shart etib belgilandi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining o'rinbosari Sherzod Hidoyatovning deputat savoliga bergan javobiga ko'ra, agar kompaniya o'z vaqtida hisobot taqdim etmasa, qoidabuzarlik bartaraf etilgunga qadar majburiy badallarni hisoblash jarayoni vaqtincha to'xtatib qo'yiladi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, moliyaviy hisobotlar billing tizimiga har bir ko'p kvartirali uy kesimida alohida kiritilishi lozim. Bunday yondashuv boshqaruv tashkilotlarining moliyaviy oqimlarini nazorat qilish hamda uy-joy mulkdorlari oldidagi shaffofligini ta'minlash imkonini berishi ta'kidlanmoqda.
Shuningdek, yig'ilishda boshqaruv kompaniyalarining ishini nazorat qilish mexanizmlari ham muhokama qilindi. Xususan, agar tashkilot bir yil davomida ko'p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini uch martadan ortiq buzsa, tegishli inspeksiya uni maxsus reyestrdan chiqarib tashlash huquqiga ega.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning o'zida ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestridan qoidabuzarliklarga yo'l qo'ygani uchun 45 ta tashkilot chiqarib yuborilgan.
Source: podrobno.uz