Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda kichik ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish hamda ular o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida 2026-yilga mo‘ljallangan 53 ta mikroindustrial markazlar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu yangi maydonlar mamlakatimizning 400 ta mahallasini qamrab olishi va natijada 7,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur markazlar asosan tikuvchilik, mebelsozlik, metallga ishlov berish hamda teri-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Loyihalarning infratuzilmasini rivojlantirishning boshlang‘ich bosqichida 75 milliard so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Hozirgi vaqtda 18 ta mikroindustrial markazni elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasi bilan ta'minlash uchun 31,9 milliard so‘mlik manzilli ro‘yxat tasdiqlandi. Shuningdek, mazkur markazlarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish va qurish ishlariga qo‘shimcha ravishda 35 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Source: podrobno.uz