Dreamland Development kompaniyasi o'zining yangi xonadon egalarini jamlagan keng ko'lamli va uzoq kutilgan Dreamland Grand Night bayram oqshomini muvaffaqiyatli tashkil etdi. Mazkur tadbir kompaniya va uning mijozlari o'rtasidagi ishonchli munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo'ldi.
Tashkilotchilar tadbir qatnashchilari uchun jami 18 ta qimmatbaho sovg'alarni tayyorlagan bo'lib, ular orasida 3 ta BYD avtomobili, 5 ta Dubayga ikki kishilik sayohat, shuningdek, 5 ta iPhone 18 Pro va 5 ta maishiy texnika jamlanmalari bor edi. Bunday yirik sovrinlar fondi oqshom ishtirokchilariga o'zgacha bayramona kayfiyat ulashdi.
Kecha davomida mehmonlarga jonli musiqa sadolari ostida taniqli san'atkorlar Tohir Sodiqov va Sevara Nazarxonning chiqishlari taqdim etildi. Tadbirning eng qizg'i va kulminatsion nuqtasi esa qimmatbaho sovg'alar egalarini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan tantanali o'yin bo'ldi.
Dreamland Development vakillarining ta'kidlashicha, bunday tadbirlar oddiy sovg'alar o'yini emas, balki aholiga ko'rsatilgan yuksak ishonch uchun minnatdorchilik bildirish va chinakamiga iliq oilaviy muhitni shakllantirish imkoniyatidir. Kompaniya o'z mijozlari uchun qulay uy-joy sotib olish imkoniyatlarini taqdim etishda davom etmoqda.
Source: www.uznews.uz