Qonun loyihasi kechikmoqda: Uy-joy qurilishida eskro tizimini joriy etish qonuni mart-aprelgacha kutilmoqda
Uy-joy sotib olishda firibgarlikni oldini olish maqsadida yanvar oyida qabul qilinishi rejalashtirilgan eskro to‘g‘risidagi qonun loyihasi kechikmoqda. Milliy shaharsozlik qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyevning aytishicha, hujjat hozirda hukumatda, Adliya vazirligi bilan kelishuv jarayonida va mart-aprel oylarida Qonunchilik palatasiga kiritilishi mumkin.


