❄️⛽️ O‘zbekistonda Havo Sovuqligi Sababli Metan Zapravkalariga Vaqtincha Cheklov Joriy Qilinadi
▪️ O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi sababli, 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etildi. Bu haqda Energetika vazirligi rasmiy ravishda e’lon qildi. Cheklov, sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi oqibatida tabiiy gazga bo‘lgan talabning keskin oshishi va magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi tufayli amalga oshirilmoqda.











