O‘zbekistonda qizlar va ayollarni himoya qilish bo‘yicha muhim farmon imzolandi
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakili Rehina Mariya Kastijioni o‘z kolonkasida qizlar va ayollarning yutuqlarini nishonlash bilan birga, jamiyatda ularga bo‘lgan munosabatni chuqur o‘rganish zarurligini ta’kidladi. Uning fikricha, tantanali tadbirlar faqat siyosiy iroda va amaliy harakatlar bilan mustahkamlanganda haqiqiy natijaga olib keladi.











