Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

25-fevral kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Portlash oqibatlarini bartaraf etish jarayonida jismlar ostidan bir nafar fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Yong‘in haqida xabar viloyat FVBga soat 14:47 da kelib tushgandi. Qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga yetib borgan hamda yong‘in bartaraf etilgan. Vazirlik avvalgi xabarida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmaganini qayd etgandi.

Source: www.gazeta.uz