Ukrainaning Oliy korruptsiyaga qarshi sudi (VAKS) 17-fevral kuni sobiq energetika vaziri German Galushchenkoga nisbatan qamoqqa olish choralarini qoʻlladi, uni 60 kun muddatga, yaʼni 15-aprelgacha qamaldi.

Sud qarorida, sobiq amaldor 200 million grivna (taxminan 3,9 million dollar) miqdorida garov toʻlagan holda qamoqdan chiqishi mumkinligini belgiladi. Shu bilan birga, ayblov tomoni yanada yuqori miqdordagi garovni talab qilgan.

Agar garov evaziga ozod qilinsa, unga Kiyev va Kiyev viloyati chegaralaridan chiqish, ishning boshqa ishtirokchilari, jumladan Timur Mindich bilan aloqa qilish taqiqlanadi, shuningdek, elektron bilaguzuk taqish majburiyati yuklanadi. Galushchenko sud qaroriga shikoyat qilish va huquqiy himoya uchun mablagʻ yigʻishni boshlash niyatida ekanligini bildirdi, bu haqda "Interfaks-Ukraina" agentligi xabar berdi.

Sobiq vazir 15-fevral kuni Ukrainadan chiqishga urinayotganida qoʻlga olingan. Ukrainaning Ixtisoslashtirilgan korruptsiyaga qarshi prokuraturasi va Milliy korruptsiyaga qarshi byuro maʼlumotlariga koʻra, u "Midas" ishi doirasida, "Energoatom" davlat kompaniyasida mablagʻlarni oʻgʻirlashda gumon qilinayotgan holda ishtirok etmoqda.

Source: kun.uz


So'nggi yangiliklar