Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillar va umumiy fanlarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasida, kasbiy taʼlim oʻqituvchilariga til sertifikatlari mavjudligi uchun oylik qoʻshimcha toʻlovlar belgilash taklif etilmoqda.
Loyihaga koʻra, kasbiy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari, xorijiy guruhlarda (rus guruhlaridan tashqari) xorijiy tilda umumiy kasbiy va maxsus fanlarni oʻqitayotgan boʻlsa, lavozim maoshiga qoʻshimcha toʻlov olishlari mumkin.
Xususan, B2 darajali sertifikat uchun oylik qoʻshimcha toʻlov 50 foiz, C1 darajali sertifikat uchun esa lavozim maoshining 100 foizini tashkil qilishi taklif etilmoqda.
Shuningdek, loyihada taʼlim darajalari nomlarini yangilash va sertifikatlar roʻyxatini kengaytirish koʻzda tutilgan.
Xususan, roʻyxatga "Musiqa madaniyati" va "Jismoniy tarbiya" fanlari oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholovchi milliy sertifikatlarni kiritish rejalashtirilgan. Ushbu sertifikatlar uchun minimal daraja B+ belgilanishi koʻzda tutilgan.
Taklif etilayotgan oʻzgartirishlar umumiy oʻrta va kasbiy taʼlim tizimida malakalash va ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Source: kun.uz