2-6 mart kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish e’lon qildi.
Xavf ostidagi hududlar: 9 ta viloyatning tog‘oldi va tog‘li qismlari.
Fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi va suv bosishi ehtimoli mavjud.
Source: www.gazeta.uz